Surishtiruv bo‘linmasi boshlig‘ining va uning o‘rinbosarining ish yuzasidan ko‘rsatmalari surishtiruvchiga yozma tarzda beriladi va ularning ijro etilishi majburiydir.Olingan ko‘rsatmalar ustidan prokurorga shikoyat qilinishi, ushbu Kodeks 381-moddasining uchinchi qismida nazarda tutilgan hollarni istisno etganda, ularning ijro etilishini to‘xtatib qo‘ymaydi.