Tergovchi: jinoyat ishini qo‘zg‘atishga va tugatishga, ishni qo‘zg‘atishni rad etishga; jinoyatni sodir etishda gumon qilinayotgan shaxslarni ushlash va so‘roq qilishga; ushbu Kodeksda nazarda tutilgan tergov harakatlarini olib borishga; shaxsni ishda gumon qilinuvchi tariqasida ishtirok qilish uchun jalb etish to‘g‘risida qaror qabul qilishga; shaxsni ishda ayblanuvchi tariqasida ishtirok qilish uchun jalb etish to‘g‘risida va unga nisbatan ehtiyot chorasini tanlash haqida qaror qabul qilishga, bundan qamoqqa olish yoki uy qamog‘i mustasno; o‘z yurituviga qabul qilgan ishlar bo‘yicha tezkor-qidiruv tadbirlarini bajarish to‘g‘risida yozma topshiriqlar berishga; boshqa tergovchi va surishtiruvchilarga ayrim tergov harakatlarini yuritish to‘g‘risida topshiriq berishga; tergovga qadar tekshiruv yoki tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlarga shaxslarni ushlab turish, majburiy keltirish, qidirish to‘g‘risidagi qarorlarning ijrosini topshirishga, ulardan ayrim tergov harakatlarini yuritishda ko‘maklashishni talab qilishga;